Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino «Rostov» stadioni gazonini futbol maydoni deb atashdan bosh tortdi (foto)
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa Ligasining 1/8 finali doirasida «Rostov»ga qarshi kechadigan safar o‘yini oldidan fikr bildira turib, uchrashuv o‘tkaziladigan «Olimp-2» stadioni gazoniga juda yomon baho berdi. Bundan tashqari, u ushbu o‘yinga Genrix Mxitaryanni tushirishga ishonchi komil emasligini aytgan.
«Hozir aniq ayta olmayman, Mxitaryan maydonga tushadimi, yo‘qmi. Umuman men ertaga o‘yin o‘tkazishimizga ham ishonmayapman — «Rostov» stadioni gazonini futbol maydoni deb bo‘ladimi? Menimcha bunday emas. Xitoyda shunday vaziyat yuzaga kelganida biz o‘yinni bekor qilgandik.
O‘yinga maydon holati ta'sir ko‘rsatishi mumkinmi? Biz «Bavariya», «Ayaks» va boshqa jamoalarning bu maydondagi o‘yinlarini kuzatganmiz, u vaqtdagi maydon holati biroz bo‘lsada qoniqarli bo‘lgan. Bugun esa maydon holati ayanchli», — deya ushbu murabbiy so‘zlarini keltirgan «Gazeta.Ru» muxbiri.
«Rostov» — «Manchester Yunayted» uchrashuvi 10 martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Mavzuga oid
15:03 / 04.03.2025
Dronlar Rostov oblastidagi neft bazasiga hujum qildi
10:18 / 27.01.2025
Rossiyaning Rostov oblastida O‘zbekiston agrosanoat habi yaratilishi mumkin
11:37 / 24.12.2024
UQK dronlari Rostov oblastidagi Millerovoga hujum qildi
10:39 / 19.12.2024