Fan-texnika | 20:44 / 09.03.2017
4082
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy chuqur suv ostiga tusha oluvchi qurilmani 2021 yilda sinovdan o‘tkazadi

Xitoy 11 kilometrlik chuqurlikka qadar tushishi mumkin bo‘lgan ichida kishilar bo‘ladigan chuquv suv ostiga tusha oladigan qurilmani ishlab chiqishda davom etmoqda. Bu haqda Sinxua agentligi chuqur suv ostidagi uskunalarni yaratish bo‘yicha laboratoriya direktori Yan Kayga asosan xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilmaning suv ostidagi ilk sinovini 2021 yilda o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Ishlab chiqilayotgan qurilma "Tszyaolun" oilasiga mansub bo‘ladi.

Xitoyning ayni damda bor bo‘lgan "Tszyaolun" chuqur suv ostiga tusha oluvchi qurilmasi 2012 yilda Marian botig‘idagi 7062 metrlik chuqurlikka tushgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid