Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya badavlat xorijliklar uchun yagona soliq tizimini joriy qilmoqda
Italiya hukumati Apenninda salmoqli ko‘chmas mulkka ega badavlat xorijliklar uchun 100 ming yevro miqdorida yillik soliq joriy qiladi. La Stampa gazetasining payshanba kuni chop etgan maqolasi mazkur qaror haqida ma'lum qildi.
Nashrda ta'kidlanishicha, ushbu g‘oyaning maqsadi mamlakatga katta xorijiy kapitallarni jalb qilish hisoblanadi. Bu strategiya Matteo Rentsi boshchiligidagi sobiq ma'muriyat tomonidan Italiya iqtisodiyoti, biznes va birjasini mustahkamlash maqsadida qabul qilingan. Italiya tomon Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan chiqishi badavlat sarmoyachilarning mamlakatdan "qochishi" ehtimolini inobatga olgan. La Stampa salohiyatli to‘lovchilar orasida Sting (Toskanada ko‘chmas mulkka ega) va Jorj Kluni (Komo orolida ko‘chmas mulki bor) kabi mashhur aktyor va qo‘shiqchilar, shuningdek rossiyalik oligarxlar nomlarini qayd etadi.
Manbaga ko‘ra, Apenninda turar-joy ro‘yxatidan o‘tgan inson o‘z daromadlari haqida Italiya hukumatiga hisobot berishi kerak bo‘ladi. Soliq aynan Italiyada to‘plangan mulkka nisbatan belgilanadi, boshqa mamlakatlarda qo‘lga kiritilgan daromadlar bundan mustasno. Aniqlik kiritilishicha, 100 ming yevro to‘lash uchun mulkdorning umumiy moliyaviy ahvoli 15-20 milliondan oshishi kerak.
Hukumat paketida shuningdek Italiyaga mutaxassislarni jalb qilishga qaratilgan boshqa nizomlar ham kiritilgan. Xususan, qachonlardir xorijga ishlash uchun ketgan olim va tadqiqotchilar vatanga qaytish istagini bildirgan taqdirda, ulardan 90 foiz kamroq soliq undirish, muvaffaqiyatli faoliyat yurituvchi menejyerlar solig‘ini ikki barobarga qisqartirish, shuningdek kamida 1 million yevro sarmoya kirituvchi ishbilarmonlarga muddatsiz viza berish taklif qilinmoqda.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?
15:50 / 19.05.2025