Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rostov» sinovidan o‘tadigan «MYu», nemischa derbi va Yevropa ligasining boshqa uchrashuvlari haqida
Bugun Yevropa Ligasining 1/8 final dastlabki uchrashuvlariga start beriladi. Tribuna.Uz ushbu uchrashuvlar anonsi bilan tanishtirib o‘tadi.
Yevropa Ligasi, 1/8 final
Kopenhagen (Daniya) - Ayaks (Niderlandiya) (9 mart, 2017 yil Toshkent vaqti bilan 23:00, Match! Futbol 2)
Ikkala jamoa o‘zaro to‘rt marta ro‘baro‘ kelishgan. Qizig‘i to‘rttala o‘yinda ham mezbonlar g‘alaba qozona olishmagan. 2001 yilda o‘sha payti UYeFA kubogi nomi ostida turnirda, Daniyada durang qayd etilgan bo‘lsa, Niderlandiyada «Kopenhagen»ning qo‘li baland kelgan. 10 yil muqaddam esa ikki jamoa YeChL saralash pley-offida duch kelgan. Unda Daniyada «Ayaks» (1:2), Niderlandiyada «Kopenhagen» zafar quchgan (0:2). O‘z uyida urilgan bitta ortiqcha gol daniyaliklarni guruh bosqichiga olib chiqqandi.
Rostov (Rossiya) - MYu (Angliya) (9 mart, 2017 yil, 23:00, Match TV)
Bu ikkala jamoaning tarixdagi dastlabki uchrashuvi bo‘ladi. Shu kungacha ular biror marta ham ro‘baro‘ kelishmagan. Hozircha bu uchrashuv bo‘yicha chiqqan eng qiziq xabar chiptalar narxining 30 ming dollarga chiqib ketgani haqida bo‘ldi. Shuningdek, manchesterliklar bosh murabbiyi Joze Mourino maydon holatidan ham keskin norozi bo‘lmoqda.
APOEL (Kipr) - Anderlext (Belgiya) (9 mart, 2017 yil, 23:00, Match! Futbol 3)
Bu ikkala jamoaning tarixdagi dastlabki uchrashuvi bo‘ladi. Shu kungacha ular biror marta ham ro‘baro‘ kelishmagan. Jamoalar o‘tgan bosqichda favoritlarni musobaqadan chiqarib yubordi. «APOEL» «Atletik»dan ustun kelgan bo‘lsa, «Anderlext» mehmonda kiritgan goli evaziga «Zenit»ni musobaqadan chiqarib yubordi.
Selta (Ispaniya) - Krasnodar (Rossiya) (10 martga o‘tar kechasi, 2017 yil, 01:05, Match TV)
O‘tgan bosqichda Ukraina jamoasiga qarshi maydonga tushgan «Selta» bu safar endi Rossiya jamoasi bilan bahs olib boradi. Bu ikki jamoa ham shu kungacha xalqaro maydonlarda o‘zaro to‘qnashmagandi.
Gent (Belgiya) - Genk (Belgiya) (10 martga o‘tar kechasi, 2017 yil, 01:05, Match! Futbol 1)
O‘ziga xos Belgiya derbisi. Nom jihatdan bir-biriga o‘xshab ketadigan jamoalar yevrokuboklarda ilk marta to‘qnash kelayotgan bo‘lsada, Belgiya Yupiler ligasi ular shu kungacha 31 marta kuch sinashgan. 12 uchrashuvda «Gent», 14 uchrashuvda esa «Genk»ning qo‘li baland kelgan. Beshta uchrashuvda durang qayd qilingan. Jamoalarning so‘nggi beshta uchrashuvining uchtasida «Gent» g‘alaba qozongan.
Lion (Fransiya) - Roma (Italiya) (10 martga o‘tar kechasi, 2017 yil, 01:05, Match! Futbol 2)
Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichining eng markaziy uchrashuvi sifatida qaralayotgan ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuvda rimliklar favorit sanalmoqda. Sababi bu ikki jamoa shu kungacha YeChL doirasida bir marta pley-off bosqichida to‘qnash kelgan bo‘lib, Rimda hisob ochilmagan bo‘lsa, Lionda «Roma» 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Hozircha «Lion» «Roma» darvozasiga gol kiritishning ham uddasidan chiqa olmagan.
Olimpiakos (Gretsiya) - Beshiktosh (Turkiya) (10 martga o‘tar kechasi, 2017 yil, 01:05, Match! Arena)
Bu ikkala jamoa ham rasmiy uchrashuvlarda o‘zaro duch kelishmagan. Ammo so‘nggi ikki mavsum avvalidagi yozgi turnelarda o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinlarida bittdan uchrashuv o‘tkazgan. Ikkala jamoa hisobi ham bittadan g‘alaba mavjud.
Shalke 04 (Germaniya) - Borussiya (Myongxengladbax, Germaniya) (10 martga o‘tar kechasi, 2017 yil, 01:05, Match! Futbol 3)
Germaniya derbisi. Bu ikki jamoa ham bundesliga va Germaniya kubogi doirasida juda ko‘p marta to‘qnash kelgan bo‘lishiga qaramay, bu yevrokuboklardagi dastlabki uchrashuv bo‘ladi. Bundesliga doirasidagi so‘nggi uchrashuv o‘tgan haftada bo‘lib o‘tdi va unda mezbon «Borussiya» raqibini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Birinchi davrada kechgan birinchi davra uchrashuvida esa «Shalke» raqibi darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritgandi.
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:41 / 18.04.2025