Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya tashqi ishlar vazirining Niderlandiyadagi nutqi bekor qilindi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘luning 11 mart kuniga belgilangan Rotterdamdagi nutqi bekor qilindi. Bu haqda jurnalistlarga Gollandiyadagi shahar meri Ahmad Abutolib ma'lum qildi.
Merning aytishicha, anjumanlar markazi egalari Chovusho‘g‘lu ishtirokidagi tadbirlarni o‘tkazishga ruxsatlarini ortga chaqirtirib olishgan. "Agar ular buni qilishmaganda, mening o‘zim jamoat tartibiga xavf mavjudligi sababli buni qilgan bo‘lardim", deb aytgan shahar meri. Abutolibning umid qilishicha, Chovusho‘g‘lu umuman Niderlandiyaga kelishdan voz kechadi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Rotterdamdagi nutqida Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar qo‘llab-quvvatlangan tashviqot olib borishi kerak edi. Avvalroq Gollandiya hukumati Chovusho‘g‘luning tashrifi nomaqbul ekanligini aytgandi.
8 mart kuni Turkiyaning Niderlandiyadagi elchixonasi oldida Chovusho‘g‘luning tashrifiga norozilik sifatida namoyish bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025