Fan-texnika | 19:31 / 10.03.2017
5110
1 daqiqa o‘qiladi

1Password ma'lumotlar saqlanadigan joyga buzib kirish uchun 100 ming dollar taklif etdi

Maxfiy so‘zlar saqlovchi 1Password servisiga egalik qiluvchi AgileBits kompaniyasi ma'lumotlar saqlanadigan joyga buzib kirish uchun e'lon qilingan tanlovdagi mukofot jamg‘armasi miqdorini oshirdi. Loyihadan qandaydir kamchilik topgan foydalanuvchi avvaliga ma'lum qilinganidek 25 ming dollar emas, balki 100 ming dollar oladigan bo‘ldi.

Jamoa tanlov uchun 1Password dasturidagi maxsus ma'lumotlar saqlovchi tajriba joyini tashkil qildi hamda uni barcha foydalanuvchilarga buzib kirish uchun taklif etdi. Mukofot pulini qo‘lga kiritish uchun kamchilikni topib, tanlov uchun maxsus o‘ylab topilgan foydalanuvchilar maxfiy so‘zlari loyihasini ochish talab etiladi.

AgileBits tanlov ishtirokchilariga hozircha qadar topilgan kamchiliklar haqida ma'lumot ham taqdim etadi, bu himoyada yangi muammolarni topishda qo‘l keladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish