Light | 17:41 / 10.03.2017
10952
1 daqiqa o‘qiladi
Qayiqchilardan g‘aroyib video
GoPro kanali qayiqchilar Rash Styorjyes va Ben Marrning Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi viloyatidagi Layons Bey tik tepalik yonbag‘ridagi suv oqib tushadigan novdan pastga tushishgani tasvirlangan videoni taqdim etdi. Thrillist nashri rolikka e'tibor qaratdi.
Ekstremallar boshlariga GoPro kameralarini o‘rnatib olishdi va juda ajoyib tasvirlarni suratga tushirishdi. Qayiq tezligi soatiga 70 kilometrni tashkil qildi, qayiqchilar esa shox-shabbalardan doimiy ravishda o‘zlarini himoya qilishgan. Ular 800 metr masofa yurib, ko‘lga tushgan.
2014 yilda ham Styorjyes va Marra suv oqib tushadigan novda harakatlangandi. O‘shanda ular butun masofa bo‘ylab bir-birlarini ortda qoldirishga urinishgan.