Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyadagi kafeda odamlar noma'lum kimsa tomondan o‘qqa tutildi
Shveytsariyaning Bazel shahridagi kafelardan birida sodir etilgan otishma oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi va bir kishi og‘ir yaralandi. Bu haqda Tagesan Zeiger nashri xabar bermoqda.
Guvohlarning aytishicha, ikki kimsa kafega kirgan va ulardan biri yonidan to‘pponcha chiqarib, kafedagi odamlarni o‘qqa tuta boshlagan. Ikki jinoyatchi ham politsiya kelguncha qochib ketgan, hozir ular qidirilmoqdalar.
Kafe atrofidagi hudud o‘rab olingan. Shunisi ma'lumki, kriminalistlar oyna va mebellar ichidan 6 ta o‘qni chiqarib olishgan. Hammasi bo‘lib nechta o‘q uzilgani va hujumning sababi hozircha noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
20:02 / 13.05.2025