Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tom Henks AQShning 2016 yilgi prezidentlik saylovlari haqidagi serialga prodyuserlik qiladi
Hollivud kinoyulduzi Tom Henks 2016 yilning noyabrida AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari haqidagi miniserialning prodyuseri bo‘ladi. Mazkur serial HBO telekanali orqali efirga uzatiladi.
Telekanalning matbuot reliziga ko‘ra, miniserial jurnalistlar Mark Halperin va Jon Heylimannlarning tez orada kitob do‘konlari rastlaridan o‘rin oladigan kitobi bo‘yicha suratga olinadi. Serialga prodyuserlik qilishda Tom Henksga Geri Gettsman yordam beradi, rejissyor esa - Jyey Rouch. Serialda "barcha davrlarning eng hayratli siyosiy sensatsiyasi" ko‘rsatiladi.
Halperin va Heylimann 2010 yilda 2008 yilgi prezidentlik saylovlari haqida "O‘yin o‘zgardi" nomli bestseller yaratishgan. Bu kitob bo‘yicha Henks prodyuserlik qilgan film ham suratga olingan. Mazkur kartina "Emmi" mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Aktyor Tom Henks 2016 yilgi saylov kampaniyasi davomida Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatladi, Donald Trampni esa "faqat o‘zini sevuvchi bo‘m-bo‘sh inson" sifatida ta'rifladi. Trampning g‘olib bo‘lganidan keyin aktyor AQShning bundan-da murakkab vaziyatlarda bo‘lganini aytdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025