Jamiyat | 13:13 / 11.03.2017
6525
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda noma'lum shaxs kichik yoshli boladan 100 dollarni o‘g‘irlab ketdi

AQShda politsiya boladan 100 dollar pulni o‘g‘irlab ketgan erkakni qidirmoqda. Hodisa Oklahoma shtatida 4 mart kuni ro‘y bergan. Bu haqdagi ma'lumot Oklahoma politsiya departamentining "Feysbuk"dagi rasmiy guruhida e'lon qilindi.

Tarqalgan videoyozuvlardan ko‘rish mumkinki, ayol kishi supermarket kassasida pul to‘layotgan paytda, o‘g‘li 100 dollar kupyurani o‘ynayotgan bo‘lgan. Keyinchalik videoda sochi yo‘q erkak paydo bo‘lgan va bolakayga tezlik bilan yaqinlashib, undan pulni tortib oldi va ketib qoldi. Taxminlarga ko‘ra, jinoyatchining ikki sherigi ham bo‘lgan.

Ayni damda politsiyachilar o‘g‘ri va uning sheriklarini qidirish bilan band. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid