Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen AQShdagi «dizel mojarosi» bo‘yicha aybini rasman tan oldi
Germaniyaning Volkswagen AG avtokonserni AQSh sudida shov-shuvli "dizel mojarosi" bo‘yicha odil sudlovga yo‘l qo‘ymaslik, oldindan til biriktirish va moliyaviy firibgarlik kabi jinoyatlarni sodir etganligini tan oldi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Yanvar oyida Volkswagen AG Amerika hukumati bilan 2,8 milliard dollar miqdoridagi jinoiy jarima to‘lash masalasini kelishib olgani xabar qilingan edi. Mazkur kelishuv doirasida kompaniya AQSh qonunchiligida belgilab qo‘yilgan uch holat bo‘yicha o‘zini aybdor deb tan olishi talab etilgan edi.
Adliya vazirligining xabariga ko‘ra, VW kompaniyasiga nisbatan hukmni 21 aprel kuni Detroyt federal sudi e'lon qiladi.
Kompaniya, shuningdek, 2,8 mlrd dollarlik jarimadan tashqari federal, ekologik va boshqa fuqarolik ishlari uchun 1,45 milliard dollar miqdorida jarima to‘laydi. O‘zaro kelishuv shartlariga ko‘ra Volkswagen yana 50 million dollarni moliyaviy idoralar xususidagi FIRREA qonuni talablari bo‘yicha to‘laydi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025