Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2030 yilga kelib Xitoy aholisi soni o‘z cho‘qqisiga erishadi
2030 yilga kelib Xitoy aholisi soni 1,45 mlrd kishiga yetadi. Bu haqda Xitoyning sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Van Peyan ma'lum qildi.
Uning aytishicha, bu miqdor Xitoy aholisi uchun cho‘qqi ko‘rsatkich bo‘ladi, chunki asr oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 1,1 mlrd gacha kamayadi.
Peyan Global Times nashriga bergan intervyusida aytishicha, mamlakatda odamlarning ko‘payib ketishi demografik siyosatning yumshatilishi sababli kuzatilmoqda. Xitoy hukumati "bir oila – bir farzand" qoidasini bekor qildi va hozirda xitoylik oilalar er-xotindan birortasining tug‘ishgan aka-ukasi yoki opa-singlisi bo‘lmasa, ikkinchi farzand ko‘ra oladi.
Nashrning ta'kidlashicha, 2016 yilda Xitoyda 18 mln dan ko‘proq bola tug‘ilgan.
Shu sababli Peyan Xitoy rahbariyatini tug‘ilish darajasi va fuqarolar o‘rtasida ma'lumotlilik ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan kuzatishga chaqirmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025