Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universal sport majmualaridan biri quriladi
Buxoro shahrida kelgusi yilda Markaziy Osiyodagi eng yaxshi sport majmualaridan biri barpo etiladi. Mamlakat prezidenti Buxoro viloyatiga safari davomida ushbu obekt loyihasi bilan tanishgan.
O‘zA xabariga ko‘ra, ushbu sport majmuasi shahar markazidagi yangi nom berilgan Islom Karimov ko‘chasi va Ibn Sino ko‘chasi kesishmasida joylashadi. 2018 yilda foydalanishga topshiriladigan ushbu majmuada 15 sport turi bo‘yicha mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
Undan uchta mashg‘ulotlar zali, basseyn, tennis korti, 3 ming 500 tomoshabinga mo‘ljallangan zal o‘rin oladi. Majmua sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish, sport metodikasi bo‘yicha namunaviy markaz bo‘ladi.
Prezident majmuada yozgi va qishki sport maydonlari qurish lozimligini ta'kidladi. Viloyatdagi sport inshootlarini inventarizatsiya qilish, ularni muayyan sport turiga ixtisoslashtirish, ommaviyligini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025