Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroning markaziy qismi qayta quriladi
Yaqin 2 yil ichida Buxoro shahrining markaziy qismi qayta quriladi. Bu shahar markazidagi ko‘chalardan birini mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga qayta nomlash bilan bog‘liq hisoblanadi.
Hozirda ushbu ko‘cha qiyofasini o‘zgartirish, uning ikki tomonida zamonaviy binolar barpo etish bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan loyiha ishlab chiqilgan.
Shavkat Mirziyoyev ushbu ko‘cha Islom Karimov nomiga munosib bo‘lishi, qurilish ishlarini salohiyatli pudratchi tashkilotlar bajarishi zarurligini ta'kidladi.
Bundan tashqari, Buxoro shahrining G‘ijduvon, Bahovuddin Naqshband, Ibn Sino, Navoiy ko‘chalarida 57 ta ko‘p qavatli uy quriladi.
«2017—2021 yillarda barpo etiladigan 5, 6, 7 qavatdan iborat bu turar-joylar aholini arzon va zamonaviy uylar bilan ta'minlash, turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi», — deyilgan xabarda.
Shuningdek, Buxoro shahrining tarixiy qismida an'anaviy hunarmandlik ustaxonalarini jamlagan ikki qavatli uylardan iborat hunarmandlar mavzesi quriladi.
Prezident hunarmandlik bozorini tartibga keltirishni, milliy an'analar aks etgan, zamonaviy rastalar qurishni taklif qilgan.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025