Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WBC chempionlik kamariga Gennadiy Golovkin va Qozog‘iston bayrog‘i tasvirlari kiritildi
Butunjahon bokschilik kengashining (WBC) mashhur yashil-tillarang kamari 37 yil ichida bir qator o‘zgarishlarga uchragan. Shunday oxirgi o‘zgarish unga Qozog‘iston bayrog‘ining kiritilishi bo‘ldi, deb xabar bermoqda akboxing.ru.
WBC kamarida boks tarixidagi eng yaxshi va tomoshabop chempionlar, jumladan Muhammad Ali, Mayk Tayson, Lennoks Lyuis, Rey Leonard, Roberto Dyuran, Xulio Sezar Chaves, Larri Xolms, Vitaliy Klichko, Marvin Xagler, Tommi Xerns, Oskar de La Xoyya va Floyd Meyvezer suratlari bor.
Endilikda qozoq xalqiga ulkan sharaf keltirgan bokschi Gennadiy Golovkinga hurmat belgisi sifatida uning surati ham kamarni bezaydi.
Kamarga Golovkinning kiritilishi ayni muddao bo‘lganini aytish mumkin, chunki Gennadiy 18 martda o‘rta vazn toifasidagi WBC bo‘yicha jahon chempioni kamarini amerikalik Daniel Jyeykobsga qarshi jangda himoya qiladi.
Mavzuga oid
08:22 / 26.05.2021
Gennadiy Golovkinning boks qo‘lqopi 55 million tengega sotildi
10:59 / 06.10.2019
Gennadiy Golovkin yana jahon chempioni bo‘ldi
16:30 / 01.10.2019
Madrimov shu haftada Nyu-Yorkdagi boks oqshomining asosiy ringida jang qiladi
11:30 / 09.06.2019