Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yili Suriyada bolalarning halok bo‘lishi ko‘rsatkichlari rekord darajaga yetdi
BMTning bolalar fondi YUNISEF ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yili Suriyadagi qurolli ziddiyatlar tufayli bolalarning o‘lim holati bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi.
«Bi-bi-si» xabarida qayd etilishicha, Suriyada o‘tgan yili 650 nafardan ortiq bola o‘ldirilgan. Bundan tashqari, tibbiy vositalar va dori-darmon yetishmasligi tufayli turli kasalliklardan ko‘plab bolalar jon bergan.
Bundan tashqari, YUNISEFdagilarning qo‘shimcha qilishicha, 2016 yili kamida 851 nafar bola qurollangan guruhlar safida turib, janglarda ishtirok etishga majbur bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, bu 2015 yildagidan ikki barobar ko‘pdir.
O‘tgan yilning noyabrida Suriyada qamal sharoitida yashayotgan bolalar soni 1 yil ichida 2 barobar ortib, 500 ming nafardan ko‘p bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025