Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Air Astana samolyotlari bilan bog‘liq uch hodisani ham «tasodif» deb baholadi
Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasi ketma-ket sodir bo‘lgan uchta hodisani ham «tasodif» deb baholadi. Bu haqda Tengrinews.kz yozmoqda.
«Uchchala hodisada ham aviatsiya texnikasi ishlamay qolgan. Hozircha, ushbu voqealar bo‘yicha texnik xodimlar yoki uchuvchilar tarkibi bilan bog‘liq birorta xato aniqlanmagan», – deb hikoya qilgan kompaniya xodimi Sergey Makarenko.
Air Astana kompaniyasining boshqa bir vakili Yaroslav Tolstovning qayd etishicha, favqulodda holatlar turli dvigatellarga ega turli rusumdagi samolyotlarda ro‘y bergani bois, tizimli xato mavjudligi haqida so‘z yuritish noto‘g‘ri bo‘ladi.
Makarenko kompaniyadagi samolyotlar xavfsizligini «99 va verguldan so‘ng yana bir nechta 99» foizga baholagan.
«Olmaotaga mashinada borgandan ko‘ra, havo kemasida borish xavfsizroqdir», – degan Makarenko.
Xabarlarga ko‘ra, Olmaotadan parvoz qilgan Air Astana samolyoti navigatsiya qurilmasi ishdan chiqqani sababli aeroportga qaytgan.
Bundan avvalroq, ayni kompaniyaning boshqa bir havo kemasi Ostona-Olmaota reysini amalga oshirayotgan vaqtda, ekipaj a'zolari chap dvigatelni o‘chirgandan so‘ng, favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Bu voqeadan biroz muqaddam Olmotadan Uralskka uchayotgan samolyot Oqto‘beda qo‘nishga majbur bo‘lgan edi. Bunga dvigatelning havoni taqsimlash tizimidagi nuqson sabab qilib ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025