Jamiyat | 09:10 / 13.03.2017
17986
1 daqiqa o‘qiladi

Guantanamo turmasining sobiq mahbusi dahshatli qiynoqlarga solingani haqida so‘zlab berdi

Kubada AQShga qarashli Guantanamo qamoqxonasi sobiq mahbusi tutqunlikdagi davri mobaynida dahshatli qiynoqlarga solingani haqida CBC telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

14 yil qamoqda ushlab turilgan mazkur shaxsning ta'kidlashicha, Guantanamoga kelgan ilk chog‘larida qorong‘u va sovuq kameralarda saqlangan hamda unga uxlashga ruxsat berilmagani bois, sutkada 22 soat uyg‘oq bo‘lgan.

Bundan tashqari sobiq mahbus, keyinchalik dengiz sho‘r  suvini majburan ichgani va turli og‘ir qiynoqlarga solinganini aytib, u bilan birga hibsda saqlangan onasi ham shunday xo‘rlashlarni boshidan kechirganini qayd etmoqda.

Mavzuga oid