Xokkey tarixidagi eng uzoq vaqt davom etgan o‘yin Norvegiya chempionatida kuzatildi (video)
Xokkey bo‘yicha Norvegiya chempionatining pley-off bosqichi 1/4 finali doirasida «Storhamar» va «Sparta» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ushbu sport tarixidagi eng uzoq vaqt davom etgan o‘yinga aylandi.
Ushbu uchrashuv davomiyligi 217 daqiqayu 14 sekund bo‘lgan va unda deyarli 11 davra o‘ynalgan.
Raqiblar mahalliy vaqt bilan soat 18.00da o‘yinni boshlagan va soat 2.32da tugatishgan. Jamoalar bir-birlari darvozasiga jami 189 marta zarba yo‘llagan («Storhamar» foydasiga 96:93). Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘lgan.
Bu o‘yinni 5 mingdan ortiq tomoshabin kuzatib borgan.
Ushbu o‘yin 1936 yilda Stenli Kubogida «Detroyt Red Uings» va «Monreal Marunz» jamoalari uchrashuvida o‘rnatilgan rekordni yangiladi. O‘shanda jamoalar 116 daqiqayu 30 soniya davomida bahslashgandi.
Mavzuga oid
21:36 / 11.10.2024
Toshkentda birinchi marta KXL o‘yini o‘tkaziladi
20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi
18:43 / 02.04.2024
O‘zbekistonda xokkey bo‘yicha birinchi xalqaro turnir o‘tkaziladi
21:58 / 01.09.2023