Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irlandiyada talabalar darslar o‘rtasida uxlab olish imkoniga ega bo‘ldilar
Irlandiyaning Dublin shahridagi Triniti-kollej talabalari endilikda o‘qishdan bir oz chalg‘ib, yumshoq divanlar o‘rnatilgan "uxlash xonalari"da dam olishlari mumkin bo‘ladi. Bu xona ta'lim muassasasining talabalar ittifoqi tashabbusi bilan ochildi. Bu haqda The Irish Sun nashri xabar bermoqda.

Talabalar bu xonalarda kunduzi uxlashlari yoki shunchaki hordiq chiqarishlari mumkin bo‘ladi. Bu xonani talabalarning o‘zlari ta'mirlab, jihozlashgan.
Yaqin orada bunday hududlarni ta'lim muassasasi kampusi bo‘ylab ochish rejalashtirilgan.
Qayd qilish joizki, Triniti-kollejda talabalar o‘zlarini qulay his qilishlariga katta ahamiyat beriladi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
11:08 / 06.03.2025
Irlandiya Kiyevga maxsus topshiriqli kuchlarni yuborishi mumkin
19:19 / 24.02.2025
Britanlar Irlandiya fuqaroligini olish uchun rekord darajada ariza berdi
19:00 / 25.01.2025