Jamiyat | 13:26 / 13.03.2017
9460
1 daqiqa o‘qiladi

Tibetda qor bo‘roni tufayli 4 mingdan ortiq qo‘y halok bo‘ldi

Foto: AP

Xitoyning Tibet muxtor o‘lkasida kuchli qor bo‘roni tufayli 4 mingdan ortiq qo‘tos va qo‘y halok bo‘ldi, deb yozmoqda China Daily gazetasi mahalliy ma'muriyatga asosan.

Ma'muriyat ma'lumotiga ko‘ra, qor bo‘roni bir necha kun davom etgan hamda yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida to‘xtagan. Uning oqibatida Shigadze shahar uyezdidagi hayvonlar halok bo‘lgan. Shu bilan birga, qayd etilishicha, mahalliy aholi vakillari qurbon bo‘lmagan.

Hokimiyat vakillarining xabar berishicha, noqulay ob-havo tufayli aloqa liniyalari ishi qisman buzilgan, bir necha yo‘llar yopilgan.

Mavzuga oid