Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana uchta sement zavodi barpo etiladi
O‘zbekistonda Rossiyaning sement ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan "Yevrosement" kompaniyasi bilan qator loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi. Bu masala Toshkent viloyati hokimi Shukurullo Boboyevning Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko bilan muzokaralari chog‘ida ham e'tibordan chetda qolmagan.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi 3ta zavodni barpo etish rejalashtirilmoqda. Xabar qilinishicha, shu maqsadda 330 mln dollar miqdorida sarmoya o‘zlashtiriladi. Yaqin orada mazkur loyihalar bo‘yicha hamkorlikka doir anglashuv memorandumini imzolash kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Yevrosement” hozirda ham O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. U 2006 yilda avgustida Shveytsariyaning Zeromax GmbH kompaniyasidan “Ohangaronsement”ning 75,6 foiz aksiyasini xarid qilgan edi. Hozirda kompaniya “Ohangaronsement”ning 83,92 aksiyasiga egalik qiladi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025