Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yirik quyosh elektrostansiyasi qayerda quriladi?
Turkiyaning to‘rt kompaniyasi xorijlik sheriklar bilan birgalikda mamlakatning Konya viloyatidagi Qarapinor shahrida dunyodagi eng yirik quyosh elektrstansiyasini qurish uchun tenderda qatnashish istagini bildirdi.
«Anadolu» agentligining Turkiya energetika va tabiiy resurslar Vazirligiga asosan xabar berishicha, tenderda ishtirok etish uchun murojaatlar yuborish muddati 2017 yilning 14 mart kuni o‘z nihoyasiga yetgan.
Loyihani amalga oshirish doirasida fotoelektrli modullarni ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurish rejalashtirilgan. Modullarning umumiy quvvati yiliga 500 megavattni tashkil etadi hamda elektr quvvatini ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Zavod qurilishi tenderda g‘olib bo‘lgan kompaniya bilan kelishuv imzolanganidan so‘ng boshlanadi va 21 oy ichida o‘z nihoyasiga yetadi.
Qarapinordagi yangi quyosh elektrstansiyasi 1000 megavatt quvvatga ega bo‘ladi va dunyodagi eng katta stansiyaga aylanadi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025