Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Barak va Mishel Obama mehnat ta'tilini Fransiyaning Polineziyasida davom ettiradi
Fransiya Polineziyassi hukumati AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishelning kelishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular 16 mart kuni yetib kelishadi. Bu haqda Yangi Zelandiya radiosi Fransiya Polineziyasi rahbarining idorasiga asoslangan holda xabar qildi. Manba Oq uyning sobiq rahbari kelayotgani haqida ma'lumot olinganini aytar ekan, uning safariga oid boshqa tafsilotlar yo‘qligini bildirgan.
Xabarlarga ko‘ra, Barak va Mishel Obama Fransiya Polineziyasida bir oyga yaqin vaqt dam oladi. Tahiti Nui TV mahalliy telekanalining ma'lum qilishicha, juftlik kelishi bilan Tetiaroa atolliga borishadi. Keyinroq, “lyuks” tasnifidagi mehmonxonalari bilan mashhur bo‘lgan Bora-Bora oroliga kelishadi.
Mahalliy hukumat AQShning sobiq prezidentini rasmiy kutib olish marosimini o‘tkazishni rejalashtirmayapti.
Fransiya Polineziyasi – Tinch okeanining janubiy qismida joylashgan, alohida maqomga ega Fransiya mulki hisoblanadi. uning tarkibiga 130ga yaqin oroli bo‘lgan 5ta arxipelag kiradi. Ularning eng yirigi Taitidir.
Mavzuga oid
09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
15:50 / 21.08.2024
«Bu kinoni oldin ham ko‘rganmiz». Obama Trampning ikkinchi muddati xavfidan ogohlantirdi
14:59 / 26.07.2024
Barak Obama saylovda Kamala Harrisni qo‘llashini ma’lum qildi
09:34 / 19.07.2024