Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
Germaniya moliya vaziriga pochta orqali bomba jo‘natishdi
 
                                    
                                Germaniya moliya vaziri Volfgang Shoyble pochta orqali portlovchi modda joylashtirilgan paket qabul qildi. Bild xabariga ko‘ra, bu jo‘natma Gretsiyadagi "Milliy demokratiya" muxolif partiyasi raisi o‘rinbosari Adonis Georgiadisning Afinadagi ofisidan yo‘llangandi.
Simlari chiqib turgan shubhali posilka chorshanba kuni vazirlikka kelib tushgan. Politsiya vazirlik binosidan xodimlarni evakuatsiya qilgan va portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar chaqirilgan.
Ekspertlar xavfli topilmani Berlin shahri tashqarisidagi portlashlarni amalga oshirish hududiga olib ketgan va uning tarkibini o‘rganishga kirishgan.
Paketda portlovchi qurilma va pirotexnika buyumlarini tayyorlashda ishlatiladigan aralashma borligi aniqlangan. Bunday qurilma posilka ochilgan taqdirda ishlab ketishi mumkin bo‘lgandi.
Gretsiyalik siyosatchi bu posilka Afinadan jo‘natilganini tasdiqlagan.
"Afsuski, bu to‘g‘ri va bu sira ham kulgili emas", deya yozgan u. U o‘zi terrorchilar nishoniga aylanib qolganini qayd etgan.
Chorshanba kuni unga tegishli kitob do‘konida qo‘lbola bomba portlagandi.
Ayni vaqtda Germaniya huquq-tartibot idoralari mazkur holat yuzasidan tekshiruvni boshladi.
Ma'lumot uchun, 1990 yilda IIV rahbari vazifasida bo‘lgan Volfgang Shoyblega suiqasd uyushtirilgan, natijada siyosatchi jiddiy jarohatlanib, nogironga aylangandi. U hozirda nogironlar aravachasida harakatlanadi.
Mavzuga oid
 
                        20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
 
                        10:49 / 10.03.2025
Daniya qog‘oz xatlardan butunlay voz kechdi
 
                        13:07 / 12.02.2025
Buyuk Britaniyada bolalar maydonchasi ostidan Ikkinchi jahon urushiga oid 150 dan ortiq bomba topildi
 
                        14:07 / 08.01.2025
 
               
             
              