Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Kayfiyati yomon" bo‘lganda ko‘chaga pul sochadigan xitoylik ayol (video)
Xitoyning Chuntsin shahrida yashovchi ayol chorrahalardan birida 16 ming yuandan (2,4 ming dollar) ko‘proq pulni sochib yubordi. Ushbu holat tasvirlangan video bilan The South China Morning Post nashri bo‘lishdi.
Voqea joyiga deyarli bir zumda politsiya yetib kelib, barcha pullarni yig‘ishtirib olgan va ayolni topib, unga pullarni qaytargan. Ayol uning bunday "saxiylik" qilishga yomon kayfiyati undaganini aytgan.
Weibo ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri bu holatga "Bu rolikdan keyin kayfiyatim tushib ketdi, chunki menda 16 ming yuan ham yo‘q-da", deb kinoyali izoh bergan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025