Tramp AQSh mudofaa vazirligidagi bir qator lavozimlarga o‘z nomzodlarini taklif qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga Boeing kompaniyasi katta vitse-prezidenti Patrik Shenaxenni tayinlamoqchi, deb ma'lum qildi Oq uy.
"Patrik Shenaxen mudofaa vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi", deb aytildi xabarda.
Xabarda mudofaa vazirligida yana boshqa bir qator yangi tayinlashlar haqida aytilgan. Jumladan, Pentagonning siyosat bo‘yicha yetakchi maslahatchisi lavozimiga milliy xavfsizlik sohasidagi maslahatlarga ixtisoslashgan Shortwaver Consulting kompaniyasi rahbari Devid Traxtenberg taklif qilingan. Pentagonda u mudofaa vaziri o‘rinbosari katta yordamchisi lavozimini egallaydi.
Ta'kidlanishicha, Pentagon taftishchisi lavozimida Eleyn Makkasker ishlaydi. U hozirda AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi tuzilmasida faoliyat yuritadi. Shuningdek auditorlik firmalaridan birida ishlovchi Devid Norkvistga ham shunday lavozim taklif qilingan.
Hujjatga ko‘ra, mudofaa vazirining ichki mudofaa va xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimini Oq uyda 2004-2006 yillarda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari bo‘lgan Kennet Rapuano egallaydi.