Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonadagi ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi kutilmoqda
Qozog‘istonning Ostona shahridagi ko‘chalardan birini O‘zbekistonning birinchi prezidenti, marhum Islom Karimov sharafiga nomlash taklif qilinmoqda. Bu haqda Sputnik Kazaxstan nashri Ostona shahar tillarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tleugali Kishkashbayevga asoslanib xabar tarqatdi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Ostonadagi ko‘chalardan birini Islom Karimov sharafiga nomlash masalasi bir haftadan keyin hal etiladi.
Hozirda bu masala ochiq qolmoqda. Qaror shahar jamoatchilik kengashi tomonidan qabul qilinishi kerak bo‘ladi.
«Biz tashqi ishlar vazirligidan ikki mamlakat o‘rtasida tuzilgan xalqaro bitim borasida xat oldik. Kabanbay batir va Turan ko‘chalari oralig‘ida joylashgan 682 metrlik E-109 ko‘chasini O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga qayta nomlash taklif etilmoqda», — degan Kishkashbayev.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Qozog‘iston bilan aloqador bir necha ko‘cha mavjud. Muxtor Avezov, Abay, Jambul, Sayram, Chimkent va Qo‘stanoy ko‘chalari shular jumlasidan.
Mavzuga oid
15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi
23:12 / 20.03.2025
Karimov Rossiyaga ishonmas edi. Unda nega ittifoqchi bo‘lgandi?
16:03 / 30.01.2025