Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga qanday baho berdi?
Rossiya Federatsiyasining turizm bo‘yicha Federal agentligi rahbari Oleg Safonov O‘zbekiston turistik salohiyatiga yuqori baho berdi, deb xabar bermoqda Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
MITT-2017 ko‘rgazmasi davomida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Anvar Sharapovning Rossiya turizm bo‘yicha Federal agentligi rahbari Oleg Safonov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Rossiya sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Rossiya tomonining ta'kidlashicha, O‘zbekistonda turizm sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, xususan, O‘zbekiston Prezidentining turizmni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish haqida qabul qilgan muhim qarorlaridan yaxshi xabardor. Federal agentlik rahbariyati mamlakatimizning turistik salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha turli tadbirlarni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.
Rossiya turizm agentligi rahbari xorijiy sayyohlarni jalb etish bo‘yicha qo‘shma turistik mahsulot yaratishni taklif qildi. O‘zbekiston va Rossiyada o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda sayyohlik kompaniyalari ishtiroki va hamkorligini yanada mustahkamlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025