Ruminiya sobiq prezidenti: Sizda ozgina bo‘lsa-da sog‘lom fikr bo‘lishi kerak

Ruminiyaning sobiq prezidenti Ion Iliyesku mamlakat bosh prokuraturasida 1989 yil dekabr oyida bo‘lgan inqilob bo‘yicha guvoh sifatida ko‘rsatmalar berdi. Bu haqda Agerpres agentligi xabar qilmoqda.
Ikki soatlar davom etgan tergov jarayoni yakunlangach, 1990-1996 va 2000-2004 yillarda ikki bor mamlakatni boshqargan davlat boshlig‘i, uni kutib turgan jurnalistlar bilan uchrashdi. Iliyeskuning aytishicha, u prokurorlar bilan "do‘stona suhbatlashgan". U mazkur inqilobda insonlarning o‘limida o‘zingizni aybdor his qilasizmi, degan savolga Iliyesku shunday javob berdi: "Nimada aybdor? Ruminiya inqilobida? (...) Sizda ozgina bo‘lsa-da sog‘lom fikr bo‘lishi kerak".
1989 yil dekabrida 1967-89 yillar davomida mamlakatni boshqargan Nikolay Chaushesku tuzumini himoya qilgan va totalitar tuzumga qarshi chiqqan xalq hamda uning tarafiga o‘tgan armiya o‘rtasida janglar ro‘y berdi. Mamlakatdagi isyon va xalq qo‘zg‘olonlarini bostirishga urinish chog‘ida 709 kishi o‘ldirilgan, 2 mingdan ortiq odam yaralangan edi. Shu bilan birga, o‘sha vaqtdagi prezidentni himoya qilganlardan hech kim halok bo‘lmagan. Shu paytga qadar, ularning kimligi noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid

20:32 / 07.04.2025
Parijda Ruminiya qirollik uyi rahbari qo‘lga olindi

17:58 / 03.04.2025
Ruminiyada 30 yil davomida oddiy buyum sifatida qarab kelingan tosh 1 mln dollarlik qahrabo bo‘lib chiqdi

18:55 / 02.04.2025
Van Damm Ruminiyada odam savdosiga oid jinoiy ish figurantiga aylandi

23:40 / 08.03.2025