Jahon | 10:00 / 18.03.2017
4537
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada qor ko‘chkisi yuz berdi, qurbonlar bor

Avstriyaning Tirolida qor ko‘chishi oqibatida ikki chang‘ichi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Daily Mail gazetasi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, qurbonlar tog‘-chang‘i trassalaridan tashqarida shug‘ullanishgan. Guruhda hammasi bo‘lib besh kishi bo‘lgan.

Avvalroq g‘arbiy Avstriyaning Yoxgrubenkopf tog‘ cho‘qqisi hududida sakkiz tog‘ chang‘ichisi qor ko‘chkisi ostida qolgani xabar qilingandi. To‘rt inson “qor asirligidan” mustaqil ravishda chiqa olgan, qolganlar esa halok bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, o‘tgan yili Alp tog‘larining Avstriyadagi qismida 267 kishi halok bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid