Jamiyat | 15:42 / 18.03.2017
9681
2 daqiqa o‘qiladi

Shumanayda Prezident bilan uchrashgan tadbirkor kitob do‘koni ochdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonga, shu jumladan, Shumanay tumaniga tashrifi chog‘ida yakka tadbirkor Seydabulla Medetov bilan uchrashib, uning kitob do‘konini ochish bo‘yicha g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagandi, deb xabar bermoqda Kruz.uz.

Nashrning qayd etishicha, 2011 yildan buyon yakka tadbirkor sifatida fotostudiya tashkil qilib, aholiga xizmat ko‘rsatgan 28 yoshli Medetov keyinchalik kantselyariya buyumlari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgandi.

- Prezidentimizga dilimdagi so‘zlarni aytish imkoniga ega bo‘lganim va Yurtboshimizning samimiy so‘zlari menga ma'naviy kuch bag‘ishlab, meni yangidan-yangi maqsadlar sari ruhlantirib yubordi, - deydi u. - Chunki tumanimiz yoshlari nomidan shaxsiy kitob do‘konimni barpo etish niyatimni aytganimda, Prezidentimiz meni qo‘llab-quvvatlab, ikki qavatli kitob do‘konini barpo etishim uchun 500 million so‘m mablag‘ ajratishda yordam ko‘rsatishini aytdi. Mendek oddiy qishloq yigitiga ko‘rsatgan bunday yuksak g‘amxo‘rligi va e'tibori uchun tumanimizning barcha yoshu-qarisi hamda davlatimiz rahbaridan minnatdor ekanimni baralla aytgim keladi.

Xabarda aytilishicha, qisqa vaqt ichida 500 million so‘m mablag‘ yakka tadbirkorning hisobiga tushirildi va tuman markazidan «Shumanay kitob olami» kitob do‘koni uchun yer maydoni ajratildi. Bugungi kunda do‘konning devorlarini tiklash ishlari olib borilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid