Texnologii | 00:59 / 18.03.2017
4995
2 daqiqa o‘qiladi

Uniti Sweden startapi va Siemens elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Germaniyaning Siemens konserni e'tiborini shvetsiyalik talabalar guruhi tomonidan yaratilgan kichik startap Uniti Sweden tortdi. Bu startap shahar uchun arzon elektromobillar ishlab chiqarishga qaror qilgan va bu maqsadda kraudfanding orqali yarim million dollar yig‘a oldi. Gadgets Now saytining ma'lum qilishicha, Siemens va Uniti Sweden bitim tuzishgan va uning doirasida keyingi yil boshida o‘zlarining shahar uchun mo‘ljallangan elektrokarlarini namoyish qilishmoqchi.

Mashina kompozit materiallardan yasaladi, uning og‘irligi 400 kg cha keladi. Uning to‘liq quvvatlangan akkumulyatori 130 km/soat maksimal tezlik bilan taxminan 150 km ga yetadi. Mashina yaratuvchilari an'anaviy rulni Nintendo Wii o‘yin pristavkasining joystigini eslatuvchi innovatsion qurilma bilan almashtirishmoqchi. 

Mashina ommaviy ravishda 2019 yildan ishlab chiqarilmoqchi. Muhandislarning aytishicha, avtomobil zamonaviy ekologik avtomobillarga qo‘yiladigan barcha talablarga mos keladi. Mashina bunday mashinalar uchun ancha arzon turadi, uning narxi 22 ming dollarni tashkil qiladi. Vaholanki, bozorga chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotgan zamonaviy Chevrolet Bolt va Tesla Model 3 elektromobillari 1,5 barobar qimmatroq turadi. Shuning uchun startap xaridorlarni arzon narx bilan jalb qilmoqchi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid