Golovkinga boksdan ketishni maslahat qilishdi
Qozog‘istonlik aralash jang san'atlari ustasi Kuat Xamitov Gennadiy Golovkin va Deniel Jyeykobs o‘rtasidagi jangdan keyin, g‘olib chiqqan vatandoshini tabrikladi. U Golovkin faoliyatini yakunlash vaqti kelgani haqida fikr bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik sportchiga qarshi jangda kuchlar teng bo‘lgandi. Hakamlar esa 12 raundlik jang yakunida g‘alabani Golovkinga berishdi va u professional faoliyatidagi 37-jangida ham g‘alaba qozonib, yengilmas bokschi maqomini saqlab qoldi.
«Raundlar bo‘yicha 5-7, Jeykobs foydasiga, nokdaun ham bo‘ldi. Kamida durang bo‘lishi kerak edi! Mana nima uchun Golovkin - Uord bahsini ko‘rmayapmiz. Gene boksdan ketishi kerak! U ketadigan yoshda», - deya instagramdagi sahifasida fikrlarini qoldirgan Xamitov.
Mavzuga oid
11:08 / 07.04.2017
OAV: Gennadiy Golovkin jiddiy jarohatlangan
15:53 / 03.04.2017
Golovkin iyunda navbatdagi jangini o‘tkazadi
12:36 / 19.03.2017
Golovkin - Jyeykobs jangi va hakamlar boskchilarga qo‘ygan ochkolar (Foto va video)
10:16 / 19.03.2017