Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» 148 kundan beri ilk marta turnir jadvalida oltinchi o‘rindan ko‘tarildi
APLning 29-turi doirasida «Manchester Yunayted» «Midlsbro» maydoniga safar qildi va o‘tgan haftada Aytor Karankani ishdan bo‘shatib, bosh murabbiysiz qolgan jamoa ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.
O‘yinning 30-daqiqasida Marvon Fellayni hisobni ochdi, 62-daqiqada Jyessi Lingard ustunlikni ikkita to‘pga oshirdi, 77-daqiqada esa Rudi Jyested mezbonlarning javob goliga mualliflik qildi. Ammo o‘yindagi yakuniy hisob o‘yin yakunida «MYu» himoyachisi Antonio Valensiya tomonidan o‘rnatildi. U mezbonlar darvozaboni Viktor Valdesning xatosidan keyin to‘pga ega chiqib, bo‘sh darvozani ishg‘ol etdi.
Endilikda «Manchester Yunayted» ochkolari sonini 52taga yetkazdi va «Arsenal» hamda «Everton»ni 2 ochkoga ortda qoldirib, turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. Qayd etish kerakki, Mourino shogirdlari 148 kundan buyon oltinchi o‘rindan ko‘tarila olmayotgandi. «Midlsbro» esa 22 ochko bilan 19-o‘rinda qolmoqda.
Angliya chempionati, 29-tur
Midlsbro – Manchester Yunayted 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 30 Fellayni, 0:2 – 62 Lingard, 1:2 – 77 Jyested, 1:3 – 90 Valensiya.
Midlsbro – Valdes, Espinosa, Fabio, Barragan, Gibson, Lidbitter (Jyested, 67), Kleyton, Dauning, de Ron, Ramires (Traore, 68), Negredo.
Manchester Yunayted – De Xea, Djons, Smolling, Bayi, Valensiya, Kerrik, Yang, Mata (Roxo, 69), Fellayni, Lingard (Marsyal, 80), Reshford (Darmian, 90).
Ogohlantirishlar: Jons (25), Kleyton (33).
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:41 / 18.04.2025