Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh–2018 saralashi. Suriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkaziladigan stadion o‘zgardi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart kuni JCh–2018 turniriga saralash bosqichining 6-turida Suriya termasiga qarshi bahs olib boradi.
Bo‘lajak o‘yinda Suriya nominal mezbon, lekin mamlakatda siyosiy beqarorlik hukmronlik qilayotgani sababli OFK o‘yinni neytral zona – Malayziyada o‘tkazilishini ta'minladi.
Mazkur bellashuv Malayziyaning Seremban shahridagi Tuanku Abdul Rahman Stadium stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Biroq, stadion o‘yinga tayyor bo‘lmagan.
O‘zbekiston Futbol federtsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, endilikda Suriya va O‘zbekiston bahsi Malakka shahridagi 40 ming muxlisga mo‘ljallangan Hang Jebat Stadium maydonida o‘tkaziladi.
O‘yin vaqti o‘zgarishsiz qolgan – uchrashuv boshlanish mahalliy vaqt bilan soat 20:00 (Toshkent vaqti bilan soat 17:00). Bellashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ham o‘zgarmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi A guruhida 5-turdan keyin 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinni band qilib turibdi.
Mavzuga oid
12:36 / 19.08.2020
O‘zbekiston - Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirildi
12:19 / 24.06.2020
O‘zbekiston milliy jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
16:56 / 11.06.2020
FIFA yangi reytingi e'lon qilindi: O‘zbekiston o‘rnida qoldi
19:58 / 23.02.2020