Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Xitoyga qarshi dengiz mashqlarini o‘tkazadi
Yaponiya Xitoyning harbiy faolligi ortishiga qarshi yo‘naltirilgan hamda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan hamkorlikdagi harbiy-dengiz mashqlarida ishtirok etishini tasdiqladi. Bu mintaqada Ikkinchi jahon urushidan so‘ng eng yirik mashqlarga aylanadi, deb xabar bermoqda Kiodo agentligi.
Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan Parijda bo‘lib o‘tgan muzokaralarida Yaponiyaning to‘rt tomonlama mashqlardagi ishtiroki “juda muhim voqea” deb ataldi.
Xabarlarga ko‘ra, qirg‘oqqa chiqish bilan kechadigan mashqlar mayning ikkinchi va uchinchi haftasida, Tinch okeanining g‘arbiy qismida o‘tkazilishi rejalashtirilgan hamda u Xitoyning mintaqadagi harbiy kengayishiga qarshi qaratilgan. Yaponiya va qator boshqa davlatlar Pekinning faolligi u yerdagi xavfsizlik va kemalarning erkin harakatlanishiga tahdid qilishidan xavotirda.
Fransiya mashqlarga “Mistral” turkumidagi yirik kreyserni jo‘natadi. Kiodoning xabar berishicha, yaponiyalik yetakchi Olland bilan Hind va Tinch okeani jahon hamjamiyatiga tegishli ekani va kemalar harakati xavfsizligi borasida ko‘makka muhtoj ekani haqidagi fikrga qo‘shilgan.
Yaponiya va Fransiya yetakchilari shuningdek atom energiyasi va xavfsizlik sohasida ham hamkorlik qilishni rejalashtirishgan.
Abening matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, ikki mamlakat ASTRID loyihasi doirasida tezkor neytronlardagi reaktorni ishlab chiqishda birgalikda ishtirok etadi. Bundan tashqari, ikki davlat yetakchilari maxsus kelishuvni imzolash marosimida ishtirok etishdi, unga ko‘ra Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries va Japan Nuclear Fuel korporatsiyalari Fransiyaning AESlar uchun reaktorlar yaratish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi AREVA kompaniyasining 5 foizini xarid qiladi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025