Fan-texnika | 15:38 / 21.03.2017
6424
2 daqiqa o‘qiladi

Audi yangi A8 premerasi qachon o‘tkazilishini ma'lum qildi

Audi kompaniyasi keyingi avloddagi A8 sedanining premerasi qachon bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi. Ilk bora yangilik 2017 yilning 11 iyul kuni Barselonadagi marka yig‘ilishida namoyish etiladi, keng ommaga esa Frankfurtda sentabr oyida tashkil etiladigan avtoshouda taqdim etiladi.

Audi’ning yangi modeli avtonom boshqaruv texnologiyasi, Traffic Jam Assist tizimining yangilangan nusxasiga (u tirbandliklarda boshqaruvni o‘ziga olishi mumkin) ega bo‘lishi mumkin.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, sedanning motor gammasiga kamida ikkita benzinli va uchta dizelli dvigatel kiradi. Birinchi bo‘lib to‘rt litrli 460-kuchli V8 va 6,3 litrli W12, keyinroq esa – uch litrli 272 ot kuchiga ega V6, 408-kuchli to‘rt litrli “sakkiztalik” va 500 kuchga ega besh litrli V10 taqdim etiladi.

Bundan tashqari, tashqi tarmoqdan quvvat olish imkoniga ega gibridli kuch qurilmasi ham chiqarilishi mumkin.

 

Mavzuga oid