Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politico: Ivanka Tramp Oq uyda otasining "ko‘z va quloqlariga" aylanadi
AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp Oq uyda ishchi xona bilan ta'minlanadi va maxfiy ma'lumotlarga kirishga ruxsat oladi. Bu haqda Ivankaning huquqshunosi Jyeymi Gorelikga iqtibos keltirgan holda Politico nashri ma'lum qildi.
"Prezident ma'muriyati ishiga jalb qilingan prezidentning katta yoshli farzandi bu yangi imkoniyatdir", deb aytgan Gorelik.
Ta'kidlanishicha, Ivanka biror-bir davlat xizmatchisi rasmiy lavozimini egallamaydi va maosh olmaydi.
Gorelikning aytishicha, u otasining "ko‘z va quloqlariga" aylanadi va unga turli sohalar bo‘yicha maslahatlar beradi.
Ma'lum qilinishicha, Ivanka otasi bilan birga Trump Organization kompaniyasida va "Nomzod" shousida sherigi sifatida uzoq vaqt birga ishlagan.
Mavzuga oid
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
17:05 / 24.04.2025
Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent Oq uyda janjallashib ketdi - Axios
12:58 / 19.04.2025
Oq uy kovid inson tomonidan yaratilganiga ishonyapti
11:51 / 14.04.2025