Jamiyat | 14:00 / 22.03.2017
52829
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda "o‘zga sayyoralik" chaqaloq tug‘ildi

Hindistonda yana bir noodatiy chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Life nashri xabar tarqatdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli ayol bosh suyagi va miyasining yuqori qismi bo‘lmagan bolani dunyoga keltirdi. Shu bilan birga, chaqaloqning ko‘zlari juda ham turtib chiqqan.

Tibbiyot xodimlari bu holatga tashxis qo‘ya olishmadi. Mahalliy aholi vakillari esa unga “O‘zga” deb nom qo‘yishdi. 

Avvalroq hindistonlik 23 yoshlik Shaban Xatun ikki boshli va uch qo‘lli farzandni dunyoga keltirgani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid