Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 31 obekt va 20 fuqaro xonadoni nazoratga olindi
2017 yilning 9 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ichki ishlar organlari faoliyatida mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Respublikada ushbu yig‘ilishdagi tanqiddan to‘g‘ri hulosa chiqarib, el-yurt tinchligi, osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida har haftaning payshanba kunlari o‘tkazilayotgan «Profilaktika kuni»da qo‘riqlash xizmati tomonidan shahar va tumanlarda OFY, MFYlarda fuqarolar ishtirokida uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Bu haqida QR IIV xuzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi inspektori leytenant M.Sherbekov xabar berdi.
M.Sherbekovning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash yuzasidan, yuqori o‘quv o‘rinlari, kollej, litseylar, do‘kon, internet klub, paynet shoxobchalari va pul aylanmasi bilan bog‘liq boshqa obektlarni, korxona, tashkilotlar hamda fuqoralar xonadonlarini nazoratga olish va video kuzatuv kameralari, «tashvish» xabar moslamalarni o‘rnatish bo‘yicha olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Buning natijasida qo‘riqlash xizmati tadbir boshidan hozirgi kuniga qadar 31 ta obekt va 20 nafar fuqaro xonodonlarini nazorat ostiga oldi.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025