Jahon | 07:50 / 22.03.2017
3299
1 daqiqa o‘qiladi

Madaniy yodgorliklarni terrorchilardan himoya qilish uchun 75,5 mln dollar yo‘naltiriladi

Foto: AFP

Fransiya prezidenti Fransua Olland bir qator davlatlar butun dunyo bo‘ylab YuNeSKO himoyasidagi madaniy meros obektlarini terrorchilardan himoya qilish jamg‘armasiga umumiy miqdorda 75,5 mln dollar yo‘naltirishlarini ma'lum qildi. Bu haqda Artnet nashri xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, Fransiya ushbu jamg‘armaga 30 mln dollar ajaratadi. Jamg‘armaga shuningdek Saudiya Arabistoni, BAA, Kuvayt, Lyuksemburg, Marokash va Shveytsariya moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi.

Amerikalik saxovatpesha Tom Kaplan madaniyat obektlarini himoya qilishga 1 mln dollar ajratishga va'da bergan.

Avvalroq YuNeSKO rahbari Irina Bokova Suriyaning Palmirasidagi qadimiy yodgorliklarning vayron qilinishi harbiy jinoyatlar hisoblanishini aytgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid