Jahon | 23:52 / 22.03.2017
5325
1 daqiqa o‘qiladi

Politsiya Londondagi terakt bo‘yicha tekshiruvlar boshladi

Buyuk Britaniya politsiyasi Londondagi terakt munosabati bilan keng ko‘lamli tekshiruv ishlarini boshlaydi. Bu haqda brifing chog‘ida shahar politsiyasi boshlig‘i Kreg Mekki ma'lum qilgan.

U shaharda qo‘shimcha patrul kuchlari harakatlanishini ma'lum qilgan.

Fuqarolardan shubhali holat sezganda, ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.

Kreg Mekki terakt oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid