Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada poyezd temir yo‘l izidan chiqib ketdi
Shveytsariyada Milandan Bazelga kelayotgan poyezd vagonlari relslardan chiqib ketdi. Buning oqibatida kamida 7 kishi jabr ko‘rgan. Bu haqda Italining Rainews24 telekanali xabar bermoqda.
Favqulodda vaziyat mahalliy vaqt bilan soat 14.00 da (Tshokent vaqti bilan 18.00da) poyezd Lyutserndagi stansiyaga kirib kelayotganda yuz bergan. Poyezdning bir vagoni ag‘darilib, elektr uzatish liniyalari va stansiyaning metall konstruksiyalariga shikast yetkazgan.
Ayni vaqtda vokzal o‘rab olingan, voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ish olib borishmoqda. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.
La Repubblica nashri ma'lumotlariga ko‘ra, poyezdda 160 gacha yo‘lovchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
23:08 / 24.04.2025