Jahon | 15:02 / 23.03.2017
9965
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Iroqqa 22 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotdi
AQSh Davlat departamenti Vashington va Bag‘dod o‘rtasida so‘nggi 12 yil davomidagi mudofaa sohasiga oid hamkorlik bo‘yicha ma'lumotlarni e'lon qildi.
Idora matbuot relizida aytilishicha, Davlat departamenti Iroqqa 2005 yildan umumiy qiymati 22 milliard dollar bo‘lgan qurol-yarog‘ sotilishini ma'qullagan.
Xususan, 2016 yilda Iroq AQShdan 146ta M1A1 tanki, 35ta F-16 qiruvchisi, 24ta IA407 vertolyoti va to‘qqizta S-130 harbiy-transport samolyotini xarid qilgan.