Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Vetnam urushi davrida qurolli kuchlar safidan qochib ketgan 75 yoshli erkak hibsga olindi
Amerika politsiyasi Florida shtatida 75 yoshli Linli Benson Lemburgni qo‘lga oldi. U Vetnamdagi urush vaqtida AQSh qurolli kuchlari safidan qochishda ayblanmoqda, deb xabar bermoqda Fox News. U harbiy tribunal tomonidan sud qilinishi mumkin.
Telekompaniya ma'lumotiga ko‘ra, sobiq harbiy xizmatchi ko‘p yillar davomida o‘ylab topilgan ism ostida yashab kelgan. U hattoki o‘z rafiqasidan ham buni sir saqlab kelgani aytilmoqda.
Lemburg qo‘lga olish jarayonida qarshilik ko‘rsatmadi, uni sherif idorasiga olib borib, barmoq izlarini olishgan (bu harbiy-havo kuchlari hujjatlaridagi ma'lumotlar bilan taqqoslash maqsadida amalga oshirildi). Keyinchalik erkak Tampadagi HHK bazasiga, so‘roq o‘tkazish uchun olib borilgan. Tergovchilarning fikricha, u AQSh qurolli kuchlari safidan Vetnamdagi urushga yubormasliklari uchun 1972 yilda qochib ketgan.
"Lemburg federal hukumatni aldagani yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi. Biz bu qachon ro‘y berganini aniqlashimiz kerak", - deya aytib o‘tdi Merion okrugi sherifi vakili Loren Letterayyer.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025