Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inha universiteti SAP kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytiradi
Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) hamda dunyoga mashhur SAP kompaniyasi (Germaniya) hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirishmoqda.
Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev va MDH davlatlari bo‘yicha SAP bosh direktori Ilya Yurev Toshkent shahrida muzokaralar o‘tkazishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar korporativ ilovalar bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniyalardan hisoblangan SAP va IUT o‘rtasidagi hamkorlikning holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdi.
Sarvar Boboxo‘jayev va Ilya Yurev SAP'ning global akademik dasturi – SAP Alyans Universitetida ishtirok etish masalasini ko‘rib chiqishdi.
O‘zbekistondagi kompaniya va tashkilotlarda SAP ilovalarini tadbiq etish keng yo‘lga qo‘yilgani sababli tomonlar Germaniya kompaniyasining dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash borasida fikr almashishdi.
SAP — korporativ ilovalar bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniyalardan biri. Kompaniya turli shakl hamda ixtisoslashuvdagi tashkilotlarga, xoh u yordamchi xizmat yoki direktorlar kengashi, xoh omborxona yoki do‘kon, xoh statik yoki mobil ilova bo‘lsin, o‘z biznesini samarali boshqarishga ko‘mak beradi.
Mavzuga oid
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
21:49 / 11.06.2024
Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi tuzish jarayonini to‘xtatdi
18:30 / 22.05.2024
Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodi test rejimida ishga tushiriladi
18:28 / 19.03.2024