Jahon | 22:24 / 23.03.2017
10195
2 daqiqa o‘qiladi

Maktab o‘quvchisi NASA ma'lumotlarida xato topdi

Buyuk britaniyalik maktab o‘quvchisi AQSh milliy koinot agentligi NASA’ga Xalqaro koinot stansiyasidagi radiatsiya datchiklaridagi ko‘rsatmalarda xato borligini ma'lum qildi. 

Sheffilddagi maktabning 17 yoshli o‘quvchisi Maylz Solomen TimPix ta'lim dasturida ishtirok etgan. Bu dastur o‘quvchilarga XKSdan olingan ma'lumotlar bilan ishlashga imkon beradi. "Bizga ko‘plab ma'lumotlar jadvali jo‘natiladi. Ular bilan ishlash qiziqdir", deb aytadi Maylz.

O‘quvchi bir kun radiatsiya ko‘rsatmalari keltirilgan jadvalni tekshirayotib, kataklardan birida -1 sonini ko‘rgan. O‘quvchi energiya manfiy ko‘rsatkichga ega bo‘lmasligi kerakligi kerak, degan qarorga kelib, o‘qituvchisi bilan bu xatolik haqida NASA’ga xabar berishgan. 

Aniqlanishicha, xato ishlovchi algoritm radiatsiyaning yo‘qligini shu tariqa qayd qilgan. NASA mutaxassislari uzoq vaqt bu xatoga e'tibor bermay kelishgan. NASA’da bunday hisobotlarning avvalroq ham sezishganini aytishgan, biroq bunday holat bir yilda 1-2 martagina bo‘ladi, deb o‘ylashgan. Maylz esa xato ko‘rsatkichlar kuniga bir necha marotaba qayd qilinishini aniqlagan.

Koinot agentligi o‘quvchiga yordami uchun minnatdorchilik bildirgan. O‘quvchi esa kelgusida NASA’da ishlash niyati borligini aytgan.

Mavzuga oid