O‘zbekiston | 15:45 / 23.03.2017
55875
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: O‘zbekistonning yangi rahbariyati to‘siqlarni olib tashladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qayd etishicha, O‘zbekistonning yangi rahbariyati to‘siqlarni olib tashladi va savdo uchun barcha imkoniyatlarni ochib qo‘ydi. 

«Ostona va Toshkent ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarda hamkorlik qilish borasida Markaziy Osiyodagi yetakchi davlatlardir. Davlatlarimiz o‘rtasida o‘tgan yili mahsulot aylanmasi hajmi 2 milliard dollarga yaqinni tashkil qilgan. Savdo hajmi o‘sishi 16 foizga teng bo‘lgan», deya prezidentning so‘zlarini keltirgan «Kazinform».

Qozog‘iston rahbari oxirgi vaqtlarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar butunlay yangi bosqichga o‘tganini qayd etgan.

«Faqat oxirgi 5 oyda davlatlarimiz o‘rtasida mahsulot ayirboshlash hajmi 30 foizga o‘sgan, yangi mahsulotlarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan. 4ta savdo uyi ochildi, O‘zbekistonga bug‘doy eksporti hajmi 30 foizga ortdi, O‘zbekistondan meva va sabzavotlar importi hajmi 25 foizga o‘sdi. Bu esa O‘zbekistonning yangi rahbariyati savdo uchun barcha imkoniyatlarni ochiq qilib qo‘ygani va to‘siqlarni olib tashlagani evazigadir», deya qayd etgan Nazarboyev.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid