Sport | 09:17 / 24.03.2017
10248
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina Chilidan «qasos oldi»

Argentina terma jamoasi JCh-2018 Janubiy Amerika saralash bosqichi 13-turida Chilini kichik hisobda mag‘lub etdi. Buenos-Ayresda kechgan bahs mezbonlar foydasiga 1:0 hisobida yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona gol «Barselona» hujumchisi Lionel Messi tomonidan 16-daqiqada kiritildi.

Argentina ushbu g‘alabadan so‘ng 22 ochko jamg‘ardi va saralash musobaqasi jadvalining uchinchi o‘rniga ko‘tarilib oldi. Chili terma jamoasi (20 ochko) 6 pog‘onada.

Argentina – Chili 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 16, Messi (penalti).
Argentina – Romero, Otamendi, Mas (Musakko, 46), Merkado (Ronkalya, 77), Roxo, Bigliya, Maskerano, Di Mariya, Aguero (Banega, 58), Iguain, Messi.
Chili – Bravo, Isla, Bosejur, Xara, Fuensalida (Kastilo, 55), Arangis (Paredes, 90), Vargas, Ernandes, Sanches, Medel, Silva (Valdiviya, 70).
Ogohlantirishlar: Arangis (11), Fuensalida (15), Maskerano (18), Iguain (74), Ernandes (86).

Mavzuga oid